Magistraturaga oʻqishga kirishni niyat qilgan abituriyentlar uchun 2 tavsiya

11:51 17 Iyul 2020 Jamiyat
666 0

Davlat oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga qabul uchun hujjat topshirish arafasida turgan abituriyentlar uchun 2 ta muhim tavsiya:

1. Hozirgi kundagi pandemiya sharoitini hisobga oling. Hujjatlaringizni magistr.edu.uz veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida TEST SINOVLARI topshiriladigan hudud sifatida bugungi kunda YASHAB TURGAN HUDUDINGIZNI belgilang.

2. Oʻqishga kirish uchun tegishli mutaxassislik va oliy taʼlim muassasasini tanlashda yaxshilab oʻylab bir qarorga keling. Shoshilmang, magistraturaga oʻqishga kirish uchun magistr.edu.uz veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng tanlovingizga OʻZGARTIRISH KIRITA OLMAYSIZ!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati maʼlumoti

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?