Magistraturaga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtib, ammo test sinovlarida ishtirok eta olmaganlar endi nima qiladi? 

09:29 20 Sentyabr 2020 Jamiyat
478 0

Ushbu savolga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi quyidagicha javob berdi

"Magistraturaga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtgan ammo asoslangan uzrli sabablarga koʻra test sinovlarida ishtirok eta olmagan (ariza bilan murojaat qilgan) abituriyentlar DIQQATIGA!

Respublika oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtgan (ariza bergan) ammo uzrli sabablarga koʻra onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning murojaatlariga asosan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) ular uchun 2020-yil 22-sentyabr kuni soat 10:00 da onlayn test sinovlari oʻtkaziladi.

Mazkur onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilgan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) abituriyentlar 2020-yil 21-sentyabr kuni soat 10:00 dan boshlab oʻzlarining shaxsiy kabinetlaridan login va paroli orqali onlayn test sinovlarida ishtirok etish ruxsatnomasini olishlari mumkin.

Ushbu toifadagi abituriyentlardan ruxsatnomalarida belgilangan manzillarga (hudud, bino) fuqarolik pasporti hamda testda ishtirok etish ruxsatnomasi bilan 22-sentyabr kuni soat 09:30 ga qadar yetib kelishlari talab etiladi.

Belgilangan muddatdan kech kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!"

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?