Magistraturaga bu yil qancha abituriyent hujjat topshirdi?

15:36 02 Avgust 2020 Jamiyat
462 0

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifing oʻtkazildi. Brifingda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi:

— 30-iyul kuni magistr.edu.uz veb-sayti orqali magistraturaga ariza topshirish yakunlandi. Shu saytga qancha ariza kelib tushdi? Ularning tahlili bormi?

— Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun 78 000 dan ortiq onlayn ariza topshirildi. Bu 2018-yilga nisbatan 7 barobar, 2019-yilga nisbatan 3 barobar koʻp.

Eng katta tanlov — xorijiy tillar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot mutaxassisliklariga toʻgʻri keladi.

Masalan, Fargʻona davlat universitetida xorijiy tillar mutaxassisligida bir oʻringa — 105 ta hujjat topshirilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining kompyuter injeniringi mutaxassisligida — bir oʻringa 68 ta hujjat topshirildi. Iqtisodiyotda — bir oʻringa 45 ta talabgor hujjati topshirilgan.

Eng koʻp hujjat topshirilgan oliy taʼlim muassasalari — Oʻzbekiston milliy universiteti (6077 ta), Samarqand davlat universiteti (3651 ta) va Termiz davlat universiteti (3403 ta).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?