Magistrantlar Oltoyda malaka oshirishadi

15:45 22 Avgust 2019 Jamiyat
94 0

Illyustrativ foto

Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan oliy oʻquv yurtlari safiga Rossiya Federatsiyasining Oltoy davlat pedagogika universiteti ham qoʻshildi.

Shu universitet rektori Irina Lazarenko Buxoroda boʻlib, oʻzaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan muzokara oʻtkazdi.Unda ikki oliy oʻquv yurti professor - oʻqituvchilarining oʻzaro hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari, zamonaviy taʼlim dasturlarini tayyorlashlari va qayta ishlashlari, tajriba almashishlari masalalari koʻrib chiqildi.Pirovardida universitetlararo hamkorlik bitimi imzolandi.Eʼtiborlisi, unga koʻra, magistrantlarning malaka oshirish kurslari har ikkala davlatda tashkil etiladi.

Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?