MAGATE delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

14:52 19 Avgust 2019 Jamiyat
80 0

Joriy yilning 19-avgust kuni Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Unga ushbu tashkilot bosh direktori oʻrinbosari – Yadro energetikasi departamenti rahbari Mixail Chudakov boshchilik qilyapti. Bu haqda TIV xabar berdi.

Oʻzbekistonning Venadagi elchixonasining maʼlum qilishicha, delegatsiya tashrifi dasturidan Energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzatom” agentligi rahbariyati bilan muzokaralar olib borish joy olgan.

Mixail Chudakov MIFI) Milliy yadro tadqiqot instituti Toshkent filiali oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashib, dunyoda atom energiyasining zamonaviy taraqqiyoti mavzusida maʼruza oʻqiydi, shuningdek, Samarqand davlat universiteti va Oʻzbekiston atom texnologiyalari axborot markaziga ham boradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?