Madaniy meros obyektlari xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda taʼmirlanadi

18:33 13 Noyabr 2018 Madaniyat
713 0

Poytaxtimizda “Konservatsiya, restavratsiya va tiklash ishlarining dolzarb muammolari: nazariya va amaliyot” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “Madaniy meros taʼmirlash-tiklash” davlat unitar korxonasi va Xitoy madaniy meros akademiyasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan seminarda Xitoy, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikistondan kelgan mutaxassislar, shuningdek, YUNЕSKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Jahon banki vakillari ishtirok etdi.

Yurtimizda madaniy meros obyektlarini asrashga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. Ushbu tadbir madaniy meros sohasidagi xorijiy tajribani oʻrganish va mutaxassislar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda muhim ahamiyat kasb etadi.

— Oʻzbekiston dunyoning qadimiy oʻlkalaridan biridir, — deydi Xitoy madaniy meros akademiyasi Bosh kotibi oʻrinbosari Guan SYAN. — Yurtingizdagi obidalar, tarixiy yodgorliklar ajdodlarning oʻziga xos madaniyatidan, bunyodkorlik salohiyatidan soʻzlaydi. Ularni qayta tiklash, taʼmirlash va avlodlarga bezavol yetkazish barchamiz uchun birdek aloqador, deb bilaman. Mazkur seminarda Oʻzbekistondagi taʼmirtalab madaniy meros obyektlarini rekonstruksiya qilish rejalari haqida fikr-mulohaza almashildi. Istiqbolda hamkorlik amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Xiva shahridagi tarixiy qadamjolarni koʻzdan kechirdi.

Yulduz OʻRMONOVA.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?