“Lukoyl” Qoraqalpogʻistondagi ulkan hududni oʻrganadi

15:49 12 Mart 2019 Jamiyat
279 0

Illyustrativ foto

Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi Oʻzbekistonda yangi uglevodorod konlarini ochishga umid bildirmoqda. Kompaniya mamlakat shimoli-gʻarbiy hududini oʻrganish boʻyicha bitim imzolagan. Bu haqda “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperov maʼlumotiga asoslanib TASS xabar berdi.

“Kompaniya (vakillarining Oʻzbekistonga) oxirgi safari chogʻida Qoraqalpogʻistonning ulkan hududini oʻrganish boʻyicha bitim imzolagan edi. Bu Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbidir. Biz kelgusida jadal taraqqiyotga ega boʻlish uchun ushbu hududda yangi topilmalar qila olamiz deb umid qilamiz”, - dedi Alekperov.

“Lukoyl” guruhi tomonidan 2018 yilda 33,5 mlrd. metr kub gaz qazib chiqarildi. Bu 2017 yildagiga nisbatan 16 foiz koʻpdir. Xususan, 2018 yilning toʻrtinchi choragida mazkur koʻrsatkich 8,9 mlrd. metr kubni tashkil etdi va 2017 yilning shu davridagiga nisbatan 5 foiz oʻsishga erishildi.

Oʻzbekistondagi loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi kompaniyaning ushbu muvaffaqiyatlarida asosiy omilga aylandi. Qandim va Gissar loyihalari boʻyicha gaz qazib chiqarish uchun yangi quvvatlarning ishga tushirilishi sharofati bilan 2018 yilda 13,4 mlrd. metr kub(guruh ulushida)lik natijaga erishildi. Bu 2017 yildagiga nisbatan 67 foiz koʻpdir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?