Luka Modrich “Real Madrid”ga Ronalduning xarakteri yetishmayapti

00:21 16 Iyun 2020 Sport
383 0

Foto: Спортфакт

Ispaniyaning “Real Madrid” klubining xorvatiyalik yarimhimoyachisi Luka Modrich Madrid jamoasiga portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yetishmayotganini aytib oʻtdi. Bu haqda “Goal” nashri yozmoqda.

«Ronaldu — futbol tarixidagi eng yaxshi oʻyinchilardan biri. “Real Madrid”ga hozir uning gollari va xarakteri yetishmayapti. Krishtianu doim gʻalaba qozonishni istar edi. Bu bizga turtki berardi va yana kurashishga chorlardi», deydi xorvatiyalik futbolchi.

Ronaldu 2009-yildan 2018-yilgacha Ispaniya jamoasi sharafini himoya qilgan va keyin Italiyaning «Yuventus» klubiga oʻtib ketgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?