Lotin Amerikasi koronavirusning yangi oʻchogʻiga aylanmoqda

21:58 23 May 2020 Dunyo
118 0

Yevropa, Osiyo va AQSHda koronavirus pandemiyasining tarqalishi asta sekin kamayib borayotgan hozirgi paytda Lotin Amerikasi COVID-19 ning yangi oʻchogʻiga aylandi.

Bu qitʼaning bir qancha mamlakatlarida koronavirus tobora avj olmoqda va kunlik oʻlim holatlari hamda yangi kasallanganlar rekord darajada koʻpaymoqda. Koronavirus Lotin Amerikasining katta shaharlaridan tortib Amazoniya changalzorlarigacha yetib bordi.

Bu haftada Lotin Amerikasining ikki eng yirik davlatlari- Meksika va Braziliyada deyarli har kuni kasallanganlar va oʻlganlarning soni boʻyicha rekord yangilanib turdi. Natijada, bu davlatlar prezidentlariga boʻlgan tanqidlar kuchayib bormoqda. Ular iqtisodiy zararni kamaytirish maqsadida karantin cheklovlarini kechroq joriy qilganlikda ayblanmoqda.

Jon Hopkins universiteti maʼlumotlarida aytilishicha, 22-mayda Braziliyada koronavirus bilan bogʻliq oʻlimlar 21 mingdan oshdi. Ammo ekspertlar virus qurbonlari bundan ham koʻp ekanligini taʼkidlashmoqda.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, Lotin Amerikasi boʻylab koronavirus qurbonlarining oʻsib borishi bu qitʼadagi hukumatlarning qonunlarni amalga oshirishdagi kamchiliklarini koʻrsatmoqda.

Bu yerda millionlab odamlar norasmiy joylarda ishlashadi.Politsiya yetarlicha kuchga ega emas yoki ular orasida korrupsiya avj olgan va ular karantin cheklovlarining amalga oshirilishini taʼminlay olishmaydi.

Ammo Peru, Chili va Ekvador davlatlarida ham kasallanganlar ortib borsa-da, bu yerdagi kasalxonalar toʻlib-toshmadi. Chunki bu mamlakatlar hukumatlari karantin cheklovlarini ancha erta joriy qilishgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?