“Lokomotiv” “Paxtakor” futbolchisini oʻz safiga qoʻshib oldi

16:09 04 Yanvar 2019 Sport
323 0

Foto: “Lokomotiv” matbuot xizmati

Toshkentning “Paxtakor” klubi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov 2018 yilgi Oʻzbekiston Superligasi chempioni “Lokomotiv” futbol klubi kelishuvga erishdi. Bu haqda “temiryoʻlchilar“ rasmiy sayti xabar berdi.

Hozircha Iskanderovning shartnoma shartlari boʻyicha maʼlumot berilmagan. Uning 2019 yilgi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi, Oʻzbekiston chempionati va Oʻzbekiston Kubogida “temiryoʻlchilar” sharafini himoya qilish maʼlum xolos.

Jamshid Iskanderov 2011 yilda “Dinamo” (Samarqand) (2 oʻyin) 2012-2018 yillarda esa “Paxtakor” sharafini (156 oʻyin, 20 gol) himoya qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?