“Liverpul” yana bir transfer rekordini yangiladi

10:06 20 Iyul 2018 Sport
514 0
Fotо: Twitter / Liverpul

Angliyaning “Liverpul” futbol klubi braziliyalik darvozabon Alisson transferini e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Mersisayd klubi 25 yoshli “Roma” futbolchisini rekord miqdordagi summaga sotib oldi. Alisson “Liverpul” bilan uzoq muddatlik shartnoma imzoladi.

Rim klubi transferning rasmiy shartlari bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, “Roma” dastlab futbolchi uchun 62,5 million yevro oladi. Keyinchalik “Liverpul” bonusilar bilan jami 10 million yevro to‘laydi. Natijada Alissonning umumiy transferi 72,5 million yevroga tushadi.

Buning natijasida esa Alisson dunyoning eng qimmat darvozaboni sifatida rekord o‘rnatdi.

Oldingi rekord Janluidji Buffonga tegishli edi. “Yuventus” 2001 yilda uni “Parma” salkam 52 million yevro evaziga xarid qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, qishki transferlar vaqtida “Liverpul” salkam 90 million yevroga Virgil van Deykni sotib olib, eng qimmat himoyachi transfer rekordini yangilagandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?