“Liverpul” “Napoli” himoyachisi uchun 60 million yevro taklif qildi

18:19 22 Iyun 2020 Sport
307 0

Angliyaning “Liverpul” Italiyaning “Napoli” himoyachisi Kalida Kulibalini sotib olish niyatida, deya xabar bermoqda “Corriere dello Sport”.

Ingliz klubi futbolchi uchun 60 million yevro taklif qilgan, ammo Italiya jamoasi senegallik futbolchi transferi uchun 100 million yevro soʻramoqda, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, “Napoli” koronavirus pandemiyasi tufayli butun dunyoda futbolchilarning narxlari pasaygani tufayli imtiyoz berish niyatida emas.

Ushbu mavsum boshida “Napoli” tarkibida Kulibali barcha turnirlarda 21 ta oʻyinda maydonga tushgan. Klub bilan uning amaldagi shartnomasi 2023-yil 30-iyunda nihoyasi yetishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?