LʼEquipe nashri 2018 yilning ramziy terma jamoasini eʼlon qildi

10:53 04 Yanvar 2019 Sport
553 0

Foto: Reuters

Fransiyaning LʼEquipe nashri oʻz talqiniga koʻra, 2018 yilning eng yaxshi oʻyinchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzdi.

Undan quyidagi futbolchilar oʻrin oldi: Yan Oblak (“Atletiko”), Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”), Rafael Varan (“Real”), Virgil van Deyk (“Liverpul”), Marselo (“Real”), Ngolo Kante (“Chelsi“), Luka Modrich (“Real”), Lionel Messi (“Barselona”), Eden Azar (“Chelsi”), Kilian Mbappe (PSJ) va Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”).

Eʼtiborlisi, oʻtgan yilgi ramziy terma jamoadan oʻrin olgan Ronaldu, Messi, Modrich, Kante va Marselo bu safar ham ushbu roʻyxatga kiritildi, Fransiya terma jamoasi bilan JCH-2018da gʻolib chiqqan Antuan Grizmannga esa joy topilmadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?