Leytenant giyohvandfurushlar toʻdasi boshligʻi ekani aniqlandi

17:22 06 Fevral 2019 Dunyo
717 0

AQSH Federal qidiruv byurosi Narkotiklarga qarshi kurashish boshqarmasi va Nyu-York shtat politsiyasi bilan hamkorlikda fentanil (uning bor-yoʻgʻi 2 mg.i odamni oʻldirishi mumkin) va boshqa taqiqlangan moddalar savdosi bilan shugʻullanadigan guruhni fosh etdi, deb xabar berdi usa.one manbasi.

Buni qarangki, ushbu toʻdaga Midltaun yongʻin departamentida 16 yil xizmat qilgan leytenant Pol Smit boshchilik qilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, kecha maxsus guruh agentlari xavfli narkotiklar savdosida gumon qilingan 20dan ortiq kishini qoʻlga olgan. Ularning ichida Nyu-York shtatidagi Midltaun va Mekenikstaun yongʻin departamentlari xodimlari boʻlgan.

Huquq-tartibot organlari vakillarining fikricha, aynan Pol Smit ushbu uyushgan jinoiy guruh tashkilotchisidir. Mazkur faxriy oʻt oʻchiruvchi nafaqat fentanil va boshqa taqiqlangan moddalar savdosi, balki bu qingʻir ishga oʻz tanishlarini jalb etish bilan ham shugʻullanib kelgan.

Qoʻlga olingan jinoyatchilar yonidan 15 dona oʻtochar qurol hamda bir sumka naqd pul ham topilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?