“Lazgi” raqsining YUNESKO reprezentativ roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat Xorazm viloyati hokimligiga topshiriladi

15:32 04 Fevral 2020 Madaniyat
485 0

YUNESKO bosh direktori Odri Azule xonim tomonidan imzolangan Xorazm “Lazgi” raqsini Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat Xorazm viloyati hokimligiga saqlash uchun topshiriladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Maʼlumki, YUNESKO Xorazmning “Lazgi” raqsini Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga Oʻzbekiston madaniy merosining elementi sifatida kiritgan edi. Mazkur qaror 12-dekabr kuni Bogota (Kolumbiya)da YUNESKO nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmitasining 14-sessiyasida qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimovning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tomonidan Baxshichilik sanʼati va etnik sport turlarini ham ushbu roʻyxatga kiritishga doir ishlar olib bormoqda. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?