“Lazgi” xalqaro koʻrik-tanlovi raisi 2 ming dollar gonorar olsa, gʻoliblarning pul mukofotlar qancha?

15:56 04 Aprel 2020 Madaniyat
418 0

arxiv foto

Oʻzbekistonda “Lazgi” xalqaro raqs festivali tashkil etiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror loyihasida aytilgan.

Hujjatga binoan mukofotlash tartibi quyidagicha:

Festival doirasida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlov gʻoliblari Tashkiliy qoʻmita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorda pul mukofotlari hamda qimmat baho sovgʻalar bilan taqdirlanadi:

“Gran-Pri”— 7 000 AQSH dollari.

1-oʻrin– quyidagi nominatsiya boʻyicha:

“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” – 5 000 AQSH dollari;

“Eng yaxshi raqs jamoasi” – 5 000 AQSH dollari;

“Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs” – 5 000 AQSH dollari.

2-oʻrin– quyidagi nominatsiya boʻyicha:

“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” – 3 000 AQSH dollari;

“Eng yaxshi raqs jamoasi”– 3 000 AQSH dollari;

“Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs” – 3 000 AQSH dollari.

3- oʻrin, quyidagi nominatsiya boʻyicha:

“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” – 2 000 AQSH dollari;

“Eng yaxshi raqs jamoasi” – 2 000AQSH dollari;

“Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs” – 2 000 AQSH dollari.

Festival doirasida faol ijrochilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan “Eng yaxshi raqs”, “Eng yaxshi xoreograf”, “Eng yaxshi yosh raqqosa (raqqos)” kabi nominatsiyalar boʻyicha ishtirokchilar ragʻbatlantiruvchi sovgʻa va mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, tashkilotchilar, ijodiy uyushmalar, jamgʻarma va homiy tashkilotlar hayʼat aʼzolari va muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan ijrochilar, xoreograflar, olimlar va sanʼatshunoslarni taqdirlashi mumkin.

Tashkilotchilar tomonidan har bir nominatsiya uchun 500 AQSH dollari miqdorida pul mukofotlari ajratiladi.

Festivalning har bir ishtirokchisiga “Lazgi” xalqaro raqs festivali ishtirokchisi sertifikati taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?