“Lada Largus” javobgarlikka sabab boʻldi

16:52 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
137 0

Amaldagi tartibga koʻra, mamlakatimizga chet el fuqarolari tomonidan chet davlatda roʻyxatdan oʻtgan avtotransport vositalarini imtiyozli vaqtincha olib kirish belgilangan. Albatta, bu maʼlum muddatga (1 kalendar yil muddat ichida 90 kungacha) bojxona tomonidan rasmiylashtirilgan majburiyatnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu borada belgilangan tartibga rioya qilmaganlarga nisbatan esa tegishli jazo choralari koʻriladi.

Kuni kecha viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan mana shunday huquqbuzarlik holati kuzatildi. Aniqlanishicha, fuqaro Javlon Ashirov (ism-familiya oʻzgartirilgan) Rossiyada chet el fuqarosi nomiga rasmiylashtirilgan “Lada Largus” rusumli avtotransport vositasini 2019-yil 14-avgust kunida qaytarib olib chiqish majburiyati bilan vaqtincha olib kirgan. Biroq muddat oʻtgan boʻlishiga qaramay mashinani olib chiqish choralarini koʻrmagan. Shu sababli unga nisbatan belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Aytish joiz, viloyat bojxonachilari tomonidan oʻz vaqtida olib chiqilmagan hamda chet davlatida roʻyxatdan oʻtgan qidiruvdagi avtotransport vositalari boʻyicha 4 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?