Lacetti uchun “shapka” olmoqchi bo‘lgan avtosalon xodimlari ushlandi

09:55 22 May 2018 Jamiyat
617 0
Illyustrativ foto

SVOJJDLQK departamentining Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 2018 yil 19 may kuni tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Qayd qilinishicha, tadbirda Chilonzor tumanida joylashgan “Avtotexxizmat” MCHJ xodimlari K. va B. “Lacetti” rusumli avtomashina sotib olish uchun avtomashinaga shartnoma olib berish evaziga fuqaro V.A.dan 900 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Manbada qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan departamentning Toshkent shahar Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan “Avtotexxizmat” MCHJ xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?