La-Liga doirasidagi derbi AQSHda oʻtkaziladimi?

16:15 25 Avgust 2018 Sport
337 0
Foto: AS

Futbol boʻyicha Ispaniya primyerosi doirasidagi “Jirona” – “Barselona” uchrashuvi AQSHda oʻtkazilishi mumkin. Agar shunday boʻlsa, bu boshqa davlat hududida oʻtkazilgan Ispaniya ichki chempionatidagi ilk oʻyinga aylanadi. Bu haqida AS manbasi Cadena SER radiostansiyasi maʻlumotiga tayanib xabar berdi.

Gap shundaki, La-Liga rahbari Xavyer Tebas “Jirona” mutasaddilariga oʻz uy uchrashuvini Shimoliy Amerikada oʻtkazish taklifini bergan hamda yaqin kunlar ichida javobini kutishini bildirgan.

Taqvim boʻyicha “Jirona” – “Barselona” bahsi 2019 yilning 27 yanvar kuniga belgilangan 21-tur doirasida boʻlib oʻtadi.

Bundan oldin Ispaniya futbolchilar uyushmasi prezidenti David Aganso oʻyinchilar qator matchlarni Shimoliy Amerikada tashkil etilishiga mutlaqo qarshilik bildirganini maʻlum qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?