Kuzda koronavirus pandemiyasi kuchayishi mumkin. U qanchalik xavfli boʻladi?

18:22 10 Avgust 2020 Dunyo
793 0

Arxiv surat

Kuzda koronavirus pandemiyasi kuchayishi mumkin. Bu haqda Paster nomidagi Sankt-Peterburg Epidemiologiya va Mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Areg Totolyan aytib oʻtdi.

“Bunga psixologik jihatdan tayyor boʻlishimiz kerak”, deydi akademik.

Shuningdek, uning taʼkidlashicha, avvalroq Covid-19ga chalingan odamlar yana koronavirusni yuqtiradigan boʻlsa, bu safar ularda karantinga qatʼiy rioya qilganlarga nisbatan kasallikning yengilroq kechish ehtimoli bor ekan.

“Ammo hozircha mavsumiy infeksiyalarning Covid-19 bilan qanday birlashishi toʻgʻrisidagi qarashga ilmiy asoslangan javob berishga tayyor emasmiz”, deya qoʻshimcha qilmoqda Totolyan.

Uning taʼkidlashicha, kasallikning kechishi yana-da jiddiy yoki aksincha boʻlishi, yaʼni “oddiy koronavirus”ga qarshi antitanachalar “oʻzaro himoya”ni taʼminlashi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?