Kutubxonalar ma’naviyat ko‘prigi

16:33 15 Avgust 2018 Jamiyat
158 0

Toshkent shahar“Bilim” axborot-kutubxona markazi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassislari tomonidan oilaviy kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ko‘chma kutubxona” loyihasi doirasida “Men kitob o‘qishni sevaman”, “Kitoblarni oilaviy almashib o‘qish”, “Men farzandimga kitob sovg‘a qilaman” va “Bir soatdan oilaviy kitob o‘qish” aksiyalari tashkil etilayotgani keng omma orasida kitobxonlikni targ‘ib etishning samarali yo‘llari ekanligi amalda o‘z isbotini topmoqda.

Chilonzor tumani “Botirma” mahallasida Aminovlar, “Navbahor” maxallasida Normatovlar oilalarida shunday tadbirlar o‘tkazilganida, “Bolalar adabiyoti olamiga sayohat” kitob ko‘rgazmasi va undan o‘rin olgan bolalar uchun turli mavzulardagi adabiyotlar oila a’zolariga, ayniqsa, kichik yoshdagi kitob’xonlarag juda manjur bo‘ldi.

— O‘g‘lim Sarvarning telefon va kompyuterdan ko‘ra kitobga qiziqishi ancha ortganidan xursandman, — deydi mamnuniyat bilan birinchi xonadon sohibasi Feruza Aminova. — Rosti gap, bolalarni endi bu o‘rganib qolgan odatlaridan chalg‘itish juda qiyinligidan boshim qotib yurardi, bunday paytda kitobga tayanish eng yaxshi yo‘l ekan.

Turli yoshdagi kitobxonlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar, rasmli va o‘yinchoq kitoblar ikkinchi xonadondagi Ulkan ayaning nevaralariAbdulaziz va E’zozaxonlarning ham e’tiborini tortdi. Bundan buvi ham xursand.

— Bo‘lar ekanku! — deydi u quvonib. — Nevaralarimni “Bilim” axborot-kutubxona markazi to‘g‘ri yo‘lga boshlayotganidan ko‘nglim xotirjam tortdi. Kitobdan ayirmasin, kitob kirib borgan oilada ezgulik, yaxshilik bo‘ladi.

O‘z nizomi, ish rejasi asosida mashg‘ulotlar olib boradigan“Kutubxona do‘stlari”, “Tafakkur gulshani – kitob mutolaasi” nomli klublarda o‘tkazilayotgan tadbirlar ham markaz atrofiga ko‘plab kitobsevarlar jamlanishiga olib kelayotgani quvonarli holdir. “Eng yaxshi ko‘rgan asarim” mavzusida yozilgan insholar tanlovi orqali ularning qiziqishlari, dunyoqarash va intellektual salohiyatli namoyon bo‘la boradi.

Endi kitobsevarlar uyida, ishxonasida, o‘quv muasasasida — xullas, istagan joyida “Bilim” axborot-kutubxona markazi tarixi, faoliyati, tuzilishi, asosiy vazifalari, yangi kelib tushgan adabiyotlar va o‘tkazilgan ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar olish imkoniyatiga egadirlar. Ular istagan vaqtida markazning b.ilim.uz. veb-sahifasidan foydalanishi, axborot olishlari, taklif-munosabatlarini bildirib, buyurtma berishlari mumkin.

Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida elektron o‘quv zali va ilmiy-texnik adabiyotlar elektron kutubxonasining tashkil etilganligi, “Norma” – O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari qidiruv tizimining mavjudligi ham foydalanuvchilarmanfaatlariga xizmat qiladi. Yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohada olib borilayotgan islohot va o‘zgarishlar, dunyo yangiliklari haqida tezkor va sifatli axborot olish maqsadida oltmishdan nomdan ortiq vaqtli nashrlar obunasi yo‘lga qo‘yilganligi ham markaz a’xolari sonining ortishiga xizmat qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, kitob insonning beminnat do‘stiyekanligiga “Bilim” axborot-kutubxona markazida ham guvoh bo‘lasiz.

Hafiza KARIMOVA,
Toshkent shahar “Bilim” Axborot-kutubxona
markazi direktori


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?