Kurtaklar koʻz ochar

15:32 28 Fevral 2020 Madaniyat
333 0

Hasan Paydoyev("Xalq so'zi") olgan suratlar

Oxirlab bormoqda qishning nafasi,

Zahri ketib borar qorli kunlarning.

Tabiat uygʻonish zavqidan masrur,

Koʻngli yumshab qolgan sovuq tunlarning.
 

Ona zamin koʻksi nurdan iliydi,

Zilol suvga toʻlar ariqlar kafti.

Ildizlar shiddati muzlarni yorar,

Quvvat ato etar quyoshning tafti.
 

Qorli koʻrpasini sidirar maysa,

Uygʻonar daraxtlar,

Uygʻonar dillar...

Kurtaklar koʻz ochar — biram chiroyli!
 

Bahorni sabolar qalblarga yoʻllar!

Umr daftarida yangi sahifa —

Tiriklik, yashnamoq asli hikmatdir.

Bahor — tabiatning eng ajib siri,

Bahor — koʻngil bilan rangin suhbatdir.

Dildora MARDIYEVA
 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?