Kuryerlik joʻnatmalaridagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari toʻxtatib qolindi

12:12 27 Avgust 2019 Jamiyat
113 0

Respublikamizga sifatsiz dori vositalarini olib kirilishiga chek qoʻyish maqsadida bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, “Navoiy” xalqaro aeroportiga “Istambul-Navoiy” yoʻnalishidagi aviareysda keltirilgan kuryerlik joʻnatmalari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, xujjatlarda koʻrsatilmagan va bojxona nazoratidan yashirilgan, sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Umumiy qiymati qariyb 22 million soʻmlik ogʻirligi 580 kilogrammni tashkil etuvchi ushbu dori darmonlar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?