Kunning eng muhim voqeasi: Shimoliy va Janubiy Koreya umumiy maqsadini belgilab oldi (Foto)

17:59 27 Aprel 2018 Dunyo
678 0
Foto: CNN

​Bugun, 27 aprel. Nihoyat Shimoliy va Janubiy Koreya yetakchilari harbiy kuchlardan xoli hudud — Pxanmunjom chegara qismida uchrashdi. 

Foto: CNN

Ikki davlat rahbarlari ishtirokidagi sammitning birinchi qismida Koreya yarim orolini yadroquroldan holi hududga aylantirish masalasi diqqat-e’tiborda bo‘ldi. Muhokama jarayonida Kim Chen In o‘zaro qarama-qarshilikka chek qo‘yishga chaqirib, uzoq kutilgan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga fursat kelganini ta’kidladi. 

Foto: CNN

Mun Chje In esa ikki davlat o‘rtasidagi mustahkam aloqalarning o‘rnatilishiga tilak bildirib,  Janub va Shimol o‘rtasida temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

Foto: CNN

Oliy darajadagi muzokaraning ikkinchi qismida ikki davlat rahbarlari tomonidan sammit yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot imzoladi.
O‘zaro tinchlik, Koreya yarim orolini birlashtirish va taraqqiy ettirishga bag‘ishlangan Pxanmunjom deklaratsiyasiga ko‘ra, Koreya yarim orolini yadroquroldan holi hududga aylantirish ikki davlatning umumiy maqsadi sanaladi. 

Foto: CNN

Shuningdek, Koreya yarim orolida endi hech qachon urush bo‘lmaydi. Janub va Shimol bir-biriga har qanday dushmanona harakatni to‘xtatadi. Ikkala tomon oliy va boshqa darajadagi faol muzokaralarga doim kirishadi. Janubiy va Shimoliy Koreya temir yo‘llari birlashtiriladi.

Foto: CNN

Bundan tashqari sammit yakunida tomonlar 1950-1953 yillardagi Koreya urushi oqibatida bir-biridan ajralgan qon-qarindoshlar uchrashuvini tashkil etishga kelishib oldi. Keson chegaroldi hududida shu kabi gumanitar masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan punkt birgalikda barpo etiladi.

Foto: CNN

 


 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?