Kunlik oʻlim koʻrsatkichi oltitani tashkil etdi, yangi holatlar 600 tadan kamaydi.

00:03 18 Avgust 2020 Jamiyat
328 0

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Shu yilning 17-avgust kuni mamlakatimizda 598 holatda kasallik qayd etilgan boʻlib, barchasi tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabariga koʻra, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kecha Toshkent shahri, Andijon, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Namangan hamda Xorazm viloyatlarida jami 607 nafar bemor sogʻaydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 35 927 nafar bemordan 31 580 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4 109 nafar bemordan 593 nafari ogʻir, 178 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?