Kuniga bir dona olma iste’mol qilsangiz...

12:00 21 Aprel 2018 Lifestyle
796 0

 

Inglizlarda bir gap bor: “An apple a day keeps the doctor away” (Kuniga bir dona olma iste’mol qilsang, doktorga ehtiyojing bo‘lmaydi). Bu gap bejizga aytilmagan.

Rash (AQSh) universiteti bir guruh tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, olma va barra ko‘katlar miyani kognitiv buzilishlardan saqlaydi. Bu yerda gap yosh o‘tib borishi bilan xotira susayishi, ishchanlik qobiliyatining pasayishi xususida bormoqda. 1997 yilda Chikagoda boshlangan “Memory and Aging Project” loyihasi doirasida 960 nafar keksa yosh qamrab olingan. 

2004 yildan 2013 yilgacha bo‘lgan muddat mobaynida ularda miyaning kognitiv xususiyati qay darajada ekanligini aniqlashga imkon beruvchi sinovlar o‘tkazildi. Qolaversa respondentlardan turli so‘rovnomalar ham olindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, hayoti davomida ko‘proq barra ko‘katlar iste’mol qilgan ko‘ngillilar miya faoliyati bilan bog‘liq testlarni muvaffaqiyatli topshirishgan. So‘raluvchilarning o‘rtacha yoshi 81 yoshni tashkil qilishini hisobga olsak, yosh o‘tib borishi bilan yoshi katta odamlarning umri davomida ko‘p ko‘kat iste’mol qilgan kesalar miyasining kognitiv xususiyatlari yaxshiroq ekanligiga amin bo‘lish mumkin. Shu sababli bo‘lsa kerak tadqiqotchi Marta Kler Morris qarishga qarshi “profilaktika” sifatida aynan ko‘katlarni ko‘p iste’mol qilish zarurligini ta’kidlaydi. 

Uning aytishicha, hech bo‘lmaganda bir portsiya ko‘kat iste’mol qiladigan odamlarning yoshi bunday ne’matlarni kam iste’mol qiladiganlarga nisbatan 11 yoshga navqironroq bo‘ladi.

Avvalroq sport bilan shug‘ullanishdan oldinroq lavlagi sharbati iste’mol qilish miyani “yoshartirishi” aniqlangan edi. Bundan tashqari miyaning qarishini ultratovush yordamida sekinlatish mumkinligi isbotlangan. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?