Kunduz kuni transport vositalari chiroqlarni yoqib harakatlanishi shartmi?

18:09 10 Aprel 2019 Jamiyat
508 0

Yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori (292-son, 09.04.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Oʻzgartirishlarga muvofiq:

  • - svetoforning taqiqlovchi ishorasida toʻxtash chizigʻi oldida toʻxtaganda transport vositasining eng oldingi nuqtasi toʻxtash chizigʻi ustiga chiqib ketmasligi kerak;
  • - Toshkent shahar va viloyat hokimlari ayrim yoʻl uchastkalarida harakat tezligini (tegishli yoʻl belgilarini oʻrnatish) pasaytirishga vakolatli;
  • - aholi punktlarida ikkita harakat boʻlagi boʻlgan va oʻrtada tramvay izi boʻlmagan bir tomonlama harakatli yoʻllarda toʻxtashga ruxsat etiladi;
  • - aylanma harakat chorrahasida harakatlanayotgan transport vositasi aylanagn kirib kelayotgan transport vositlariga nisbatan ustunlikka ega;
  • - kunning yorugʻ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi chiroqlarni yoqib harakatlanishi shart;
  • - qurilish materiallari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, oziq ovqat va shu kabi toʻkiluvchi tovarlarini tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material yopilgan boʻlishi kerak;
  • - velosiped va moped haydashda rulni ushlamasdan yoki bir qoʻlda ushlab harakatlanish taqiqlanadi.

Bundan tashqari oʻzgartirishlar bilan 28 ta yangi yoʻl belgilari kiritildi.

Qizil chiroqda oʻngga harakatlanish, radar, piyoda va velosipedchilar uchun tashkil etilgan yoʻlak kabi belgilar shular jumlasidandir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?