KUN IQTIBOSI: Aleksandr Lukashenko: Oʻzbekiston Prezidenti bilan erishgan barcha kelishuvlarimiz — amalda. Biz oʻz zimmamizga olgan majburiyatlarni, albatta, bajaramiz

17:06 25 Oktyabr 2018 Siyosat
556 0
Foto: Sputnik

“Oʻzbekiston Prezidenti bilan erishgan barcha kelishuvlarimiz — amalda. Biz oʻz zimmamizga olgan majburiyatlarni, albatta, bajaramiz.

Biz mana shu ikki yil davomida bungacha yigirma yilda ham oʻta olmagan yoʻlni bosib oʻtdik. Bunda shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyevning alohida hissasi bor.

U yaqin qoʻshni davlatlar bilan aloqalarni yaxshilashga erishdi, xalqaro maydonda oʻzini munosib tutmoqda, uning Gʻarb bilan ham, Sharq bilan ham munosabatlari aʼlo darajada. Binobarin, bu bizning aloqalarimiz uchun yaxshi asos va bizda shunday munosabatlar borligi ham juda sozdir”.

Aleksandr LUKASHЕNKO, Belarus Respublikasi Prezidenti.

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Mahmudov bilan uchrashuvdagi muloqotdan)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?