Kun fotosi: Sirdaryoda avtosalon xodimlari uyma-uy yurib aholiga avtomobillarni taklif qilmoqda

15:37 13 Sentyabr 2018 Jamiyat
8131 0
Fotо: “XALQ SOʻZI ONLINE”

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. “Sirdaryoavtotexxizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan avtosalonga kelish imkoniyati, vaqti boʻlmagan, uzoq manzildagi mijozlar uchun ularning xohishiga koʻra avtomobil xarid qilish boʻyicha shartnomalarni ularning uylarida tuzish imkoniyati yaratildi. Hozirgacha 10 nafar fuqaro ana shunday qulaylikdan foydalandi.

“Mijozlar shartnoma imzolangandan soʻng yetti ish kunida xohlagan shaklda toʻlovni amalga oshiradilar va mazkur kelishuv hujjatida koʻrsatilgan muddat ichida oʻz avtomobillariga ega boʻladilar. Qolaversa, yaqinda salonimizda 45 minut mobaynida xaridorga rasmiylashtirib berishga moʻljallangan avtomobillarni shanba-yakshanba kunlari “Ochiq osmon ostida” aksiyasi doirasida sotuvga qoʻyishni ham boshladik”, - deydi mazkur MCHJning savdo va marketing boʻyicha mutaxassisi Matluba Xudoyberdiyeva.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?