Kumushxon Fayzullayeva og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik ayol sportchi bo‘ldi

18:43 10 Iyul 2018 Sport
372 0
Foto: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

Shu kunlarda poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bir necha daqiqa oldin qizlar o‘rtasida 63 kg.gacha vazn toifasidagi bahslar yakunlandi.

Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan Kumushxon Fayzullayeva bir yo‘la uchta medalga ega chiqdi. Hamyurtimiz dast ko‘tarishda 94 kg. tosh ko‘tardi va bronza medalini qo‘lga kiritdi. Siltab ko‘tarishda esa 120 kg. og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundira olgan Kumushxon oltin medal sohibasiga aylandi. Umumiy hisobda 214 kg. natija ko‘rsata olgan sportchiimiz ikkikurash yakunlariga ko‘ra ham peshqadamga aylanib, jahon chempioni bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval musobaqada yigitlar o‘rtasida -62 kg. vazn toifasida Adhamjon Ergashev har uchchala yo‘nalishda (dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va umumiy natija) oltin medalga sazovor bo‘lib, yoshlar o‘rtasida jahon chempionligiga erishgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?