Kuydiradi, kuldiradi... 

18:28 24 Aprel 2018 Madaniyat
711 0

Toshkent Fotosuratlar uyida karikaturachi rassom Mahmud Eshonqulovning “Karikatura – kuydiradi, kuldiradi....” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. 

Mahmud Eshonqulov tasviriy san’atning eng mashaqqatli yo‘nalishlaridan hisoblangan karikaturada ko‘pgina yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Uning mehnatlari nafaqat respublikamiz, balki xalqaro miqyosda tan olinib, Butunjahon Karikaturachi rassomlari uyushmasi (UWC) a’zosi hamda mazkur uyushmaning O‘zbekistondagi vakili bo‘lgan. 2003 yili 2-Xalqaro Xitoy karikatura tanlovida, 2012 yili 1-Xalqaro Eron karikatura festivalida va 2014 yili Isroilda bo‘lib o‘tgan 20-Xalqaro Xayfa karikatura tanlovida hakamlar hay’ati a’zosi sifatida qatnashgan. 2007 yil Serbiyaning Krushevats, 2008 yil Xorvatiyaning Osijek, 2008, 2010, 2012, 2013-yillarda esa Toshkent shahrida shaxsiy karikatura ko‘rgazmalarini o‘tkazgan. 2008 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. U karikaturachi rassom sifatida 250 dan ortiq xalqaro tanlovlar ishtirokchisi va sovrindoridir. 

Muallifning hajviy asarlari karikaturaning ijtimoiy, iqtisodiy, falsafiy, siyosiy, ekologik, gumanitar, global jihatlarini qamrab oladi. Asarlari tomoshabin diqqatini jalb etib, fikrlashga, atrofida kechayotgan voqealarga befarq bo‘lmaslikka undaydi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?