Kuchli yogʻingarchilik suv toshqinlarini keltirib chiqardi

15:51 08 Oktyabr 2018 Dunyo
184 0
Fotо: AFP

Kuchli va surunkali yomgʻir ogʻishi oqibatida Shri-Lanka suv toshqinlari ostida qolgan. Hindistonning Business Standard nashrining yozishicha, tabiiy ofatdan oʻn mingdan ziyod aholi aziyat chekmoqda. Kamida toʻrt kishi hayotdan koʻz yumgan.

Kuchli yomgʻir va shamol juda koʻp shaharlarda odatdagi hayot tarzi izdan chiqqan. Aholining xavfsizligini taʼminlash maqsadida minglab oilalar evakuatsiya qilinmoqda.

Sinoptiklarning maʼlum qilishicha, yaqin kunlar davomida yogʻingarchiliklar yana kuzatilsa-da, mamlakatning ayrim hududlarida suv darajasi pasayishi kutilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?