Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati tasdiqlandi

10:29 02 Oktyabr 2019 Jamiyat
215 0

Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan, 78 turdagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati hamda jinoiy harakatni tasniflashda ushbu moddalarning koʻp miqdor koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa tashkilotlar hamda axborot vositalarining kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni sotish hamda ularning noqonuniy muomalasi boʻyicha axborotini, dori vositalarini notibbiy maqsadlarda isteʼmol qilish monitoringi natijalarini koʻrib chiqish Ekpert guruhining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ekspert guruhi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?