Krishtianu Ronaldu koronavirusga chalindi 

19:30 13 Oktyabr 2020 Sport
256 0

Dunyo futbol yulduzlaridan biri, Portugaliya terma jamoasi va Turinning «Yuventus» futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani maʼlum boʻldi. 35 yoshli futbolchi dushanba kuni topshirgan testi musbat natija bergan. Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasi saytida xabar berildi.

U Millatlar ligasi musobaqasi doirasidagi Shvetsiyaga qarshi boʻlib oʻtadigan navbatdagi oʻyinni oʻtkazib yuboradi.

Qayd etilishicha, Ronalduda kasallik simptomsiz oʻtyapti va u oʻzini yaxshi his qilmoqda. U izolyatsiyaga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?