Kriminal aktivlarni qidirib topish, aniqlash va qaytarishni samarali amalga oshirishning imkoniyatlari va yoʻllari

11:46 30 Avgust 2018 Jamiyat
119 0

Yaqinda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Moliyaviy monitoring oʻquv-metodologik xalqaro markazi (MMOʻMXM, Rossiya) bilan hamkorlikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga jalb qilingan shaxslarning malakasini oshirish boʻyicha YEOG bilan hamkorlik doirasida, videokonferensaloqa usulida “Kriminal aktivlarni qidirib topish, aniqlash va qaytarishni samarali amalga oshirishning imkoniyatlari va yoʻllari” mavzusida seminar oʻtkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Seminarda MMOʻMXM, Kozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Belarusiya va Armaniston moliyaviy razvedkasi tuzilmalari vakillari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdilar.

Seminar ishtirokchilari terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha tajriba almashdilar, shuningdek mavjud muammolar, ularning yechimini topish hamda oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?