Kreditga “Spark” olib beraman deb aldagan shaxs ushlandi

14:53 18 Avgust 2019 Jamiyat
111 0

2019-yil 16-avgust kuni Toshkent shahrining Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga qarashli 4-son IIB tergov boʻlimidan tushgan hujjatlarga koʻra, shu yil mart oyida Yunusobod tumani 10-dahada yashovchi 41 yoshli B.S., qarindoshi, 64 yoshli M.Yu. ismli ayolning uyida unga imtiyozli kredit asosida foizsiz “Spark” rusumli avtomashina olib berishini vaʼda qilib, 22 mln. soʻm pullarini olib, bergan vaʼdasini bajarmay pullarni oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan. B.S. ushlangan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga koʻra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?