Kredit uchun 30 ming dollar pul olayotgan shaxs ushlandi

14:26 04 Noyabr 2019 Jamiyat
106 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan “L.M.S” MCHJ rahbari S.A.ning murojaatiga asosan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tezkor tadbirda, “F.R” MCHJ rahbari D.I. fuqaro S.A.ning ishonchiga kirib, unga ATB “Ipotekabank”ning hududiy filiallaridan birining mansabdor shaxslarini moddiy manfaatdor qilish orqali 1,3 mln. yevro miqdoridagi kredit mablagʻlari ajratilishida amaliy yordam berishni vaʼda qilib, ushbu xizmati evaziga undan 30 ming AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan D.I. va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?