Kredit olish muammosi hal etildi

14:23 19 Iyul 2019 Iqtisodiyot
284 0

Tadbirkorlikni boshlash yoki hunarmandchilik sohasini rivojlantirish maqsadida koʻpchilik yurtdoshlarimiz tijorat banklaridan kredit olishadi.

Buni qarangki, barcha hujjatlarni tayyorlab topshirgandan soʻng ham bank eshigi ostonasida sarson boʻladiganlar koʻp uchraydi. Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida yashovchi Bobur Bekmurodov ham tijorat bankidan ikki yil muddatga olishi kerak boʻlgan kredit mablagʻini ololmayotganidan shikoyat qilib, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qiladi.

Federatsiya xodimlari jarayonni oʻrganib, isteʼmolchining kredit mablagʻini olish muddati ancha oʻtib ketganligini aniqlashdi. Shundan soʻng tijorat banki kredit boʻlimiga holat tushuntirilib, Bobur Bekmurodovga 15 000 000 (oʻn besh million) soʻm miqdordagi kredit olib berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?