Krasnoyarskdan Fargʻonaga “Superjet-100” samolyotlari qatnaydi

14:30 14 Avgust 2019 Jamiyat
58 0

Illyustrativ foto

RFning “IrAero” aviakompaniyasi 12-sentyabrdan “Krasnoyarsk-Fargʻona” oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda kompaniya vakili maʼlum qildi.

Parvozlar “Superjet-100” samolyotlarida payshanba kunlari amalga oshiriladi. Uchish mahalliy vaqt bilan soat 9:20da boshlanib, parvoz 3 soatu 20 daqiqa davom etadi. Ortga qaytadigan reys 11:40 havoga koʻtariladi. Bir tomonga chipta narxi 13 ming rubl.

“Hozirgi kunda Irkutsk-Fargʻona reysi mavjud, u 2019-yil bahorda yoʻlga qoʻyilgan edi. Hozirgacha 29 ta parvoz amalga oshirildi, ushbu yoʻnalishda 3600 yoʻlovchini yetkazib qoʻydik. Yuklanish boʻyicha ushbu yoʻnalish ham rossiyaliklar, ham Oʻzbekiston aholisi oʻrtasida ommabop ekanligini koʻryapmiz. Shuning uchun yangi yoʻnalishni tashkil etish boʻyicha qaror qabul qildik”, - dedi “IrAero” tashuvlarni tashkil etish xizmati boshligʻi Aleksandr Makin.

Yangi reys uchun chiptalar allaqachon sotuvga chiqarilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?