Urgutda “Korzinka.uz DISKONT” supermarketi ochildi

13:37 27 Avgust 2018 Jamiyat
483 0
Foto: Rinat Abdulmanov / "Xalq so'zi"

Samarqand viloyatining Urgut shahrida zamonaviy supermarket ochildi. Bu haqda “Xalq soʻzi” muxbiri Rinat Abdulmanov xabar bermoqda.

“Urgut markazida ochilgan «Korzinka.uz DISKONT” supermarketi taxminan 1500 kvadrat metr maydonni oʻz ichiga oladi», deydi savdo korxonasi menejeri Jamshid Sameyev.

Xaridorlar uchun qulay chegirmalar, transport vositalari uchun bepul avtoturargoh, sotib olingan tovarlar uchun ekologik toza paketlar taqdim etish dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Yirik savdo majmuasining ochilishi salkam 50ta yangi ish oʻrni yaratilishi uchun xizmat qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?