Koronovirus: Bir sutkada 242 kishini hayotdan olib ketdi. Infeksiyani yuqtirganlar soni keskin oshmoqda

11:16 13 Fevral 2020 Dunyo
301 0

Foto: Li Yun/Xinhua

Xitoyning Xubey provinsiyasida 13-fevral kuni koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari soni oʻn baravar oshdi. Shifokorlar buni diagnostika usulini oʻzgartirish bilan izohlashmoqda.

Mahalliy hokimiyat tomonidan maʼlum qilinishicha, 13-fevral, payshanba kuni Xubeyda COVID-19 koronavirusi bilan bogʻliq 14 840 holat qayd etilgan. Bu avvalgi kun bilan taqqoslaganda oʻn baravar koʻpdir. Kasallik tufayli hayotdan koʻz yumganlar soni 242 kishini tashkil qildi. Bu koʻrsatkich ham avvalgi kunga nisbatan ikki baravar koʻpdir. Shu tariqa kasallik tarqalgandan beri vafot etgan bemorlarning umumiy soni 1350 kishiga yetdi. Ulardan 1310 nafari Xubeyda istiqomat qilgan. Ushbu provinsiyada tasdiqlangan tashxislarning umumiy soni 48208 holatni tashkil etmoqda.

Londonda koronavirus infeksiyasining birinchi holati qayd etildi. Ushbu tashxis tasdiqlangan bemor bir necha kun oldin Xitoydan kelgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?