Koronavirusning yangi alomatlari aniqlandi. U bolalarga ham tez-tez yuqadi

16:39 20 Mart 2020 Dunyo
1327 0

Illyustrativ surat

Germaniyalik olim Xendrik Strik COVID-19 virusining yangi belgilarini topdi.

planetanovosti.com saytining professor Xendrik Strikka tayanib yozishicha, baʼzi virusni yuqtirgan odamlar bir necha kun davomida hid va taʼm bilish qobiliyatini yoʻqotgan. Bunday alomatlar yuqtirganlarning uchdan ikki qismida kuzatilgan. Biroq bu kabi belgilarning aynan qachon paydo boʻlishini aytish mushkul vazifa boʻlib qolmoqda.

Olimning soʻzlariga koʻra, bemorlardan biri hid bilish qobiliyatini, qolganlar esa taomlar mazasini bila olmayotganliklaridan shikoyat qilishgan. Bundan tashqari, bemorlarning qariyb 30 foiziga oshqozon buzilishi tashxisi qoʻyilgan.

Bundan tashqari, xitoylik olimlar tomonidan olib borilgan soʻnggi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, bolalar ham afsuski, kattalar singari tez-tez koronavirusni yuqtirib olishadi, ammo ularda kasallik yengil shaklda oʻtadi.

Shuningdek, bemorlarning 91 foizida yengil yoki oʻrtacha alomatlar, umumiy holatda, isitma va quruq yoʻtal kuzatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?