Koronavirusni yuqtirib olgan birinchi davlat rahbari va bosh vazir maʼlum boʻldi

03:43 20 Mart 2020 Dunyo
3126 0

Illyustrativ surat

Monako shahzodasi Albert II koronavirusni yuqtirib olgan. Ammo uning sogʻligʻi xavf ostida emas. U oʻz uyida faoliyatini davom ettirmoqda. Albert II Covid-19 infeksiyasini yuqtirib olgani tasdiqlangan birinchi davlat rahbari boʻldi.

Fransiya rasmiylari singari, Monako hukumati ham shanba kuni barcha jamoat joylari yopilishini eʼlon qildi.

Avvalroq, Monako davlat vaziri (bosh vazirga teng) Serj Telga koronavirus tashxisi qoʻyilgan edi.

Bundan tashqari, payshanba kuni Yevropa Ittifoqining Brexit boʻyicha muzokarachisi Mishel Barniyer ham ushbu infeksiya bilan zararlangani maʼlum qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?