Koronavirusni boshqalarga yuqtirishning kutilmagan eng tez yoʻli aniqlandi

13:24 18 Sentyabr 2020 Dunyo
1053 0

Shvetsiyalik olimlar koronavirusni eng tez yuqtirish usuli toʻgʻrisida kutilmagan xulosaga kelishdi.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, patogen qoʻshiq kuylash paytida juda tez yuqar ekan.

Shu bois tadqiqotchilar vokal konsertlarda qatnashishni keyinga qoldirishni maslahat berishmoqda.

Study Finds ilmiy portalida eʼlon qilingan maqolada keltirilishicha, koronavirusning «supertarqalishi» nazariyasini tekshirishga qaror qilgan mutaxassislar ishtirokchilari ikkita infeksiya tashuvchisi hamda koronavirusga salbiy test-sinovdan oʻtgan 12 qoʻshiqchi boʻlgan tadqiqotni amalga oshirishgan.

Tajriba doirasida maxsus kamerada boʻlishgan ishtirokchilarning gapirganda hamda qoʻshiq kuylagandagi nafasi tarqalishi oʻrganilgan. Shuningdek, aerozollarning odam niqobda yoki niqobsiz boʻlganida qanday tarqalishi ham kuzatilgan.

Natijada, qoʻshiq kuylash mikrotomchilarning patogen bilan tarqalish xavfini oshirishi aniqlangan. Qayd etilishicha, qoʻshiq ijro etish jarayonida havodagi zarralarning konsentratsiyasi oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?