Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarilganda Oʻzbekiston aholisining 20 foizini emlash uchun vaksina olinadi

12:12 04 Sentyabr 2020 Jamiyat
1783 0

Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina boʻyicha qanday ishlar olib borilmoqda? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova javob berdi.

"Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda.

Bir necha vaksina kompaniyalari klinik tajribalarning final (3) bosqichida. Oʻzbekistonga Xitoyda ishlab chiqarilgan uchta vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovini hamkorlikda oʻtkazish boʻyicha takliflar kelib tushgan.

Xitoy ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan muzokaralarda vaksina klinik tajribalarining uchinchi bosqichini Oʻzbekistonda oʻtkazish taklifi berildi.

Vaksinani yetkazish, koʻngillilarning tibbiy va laboratoriyaviy tekshiruvi, shuningdek, tadqiqot bilan bogʻliq boshqa xarajatlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan qoplanadi.

COVID-19 pandemiyasiga global yondashish maqsadida JSST, GAVI (Vaksina va immunizatsizatsiya boʻyicha global alyans), shuningdek CEPI (Epidemiyaga tayyorgarlikni taʼminlash sohasidagi innovatsiyalar Koalitsiya) barcha mamlakat hukumatlarini COVAX taʼsiri - COVID-19 ga qarshi vaksina maʼlumotlarini hamma koʻrishini taʼminlash mexanizmi boʻyicha maslahatlashuvda ishtirok etish uchun taklif qilishdi.

Vaksina muvaffaqiyatli ishlab chiqarilganda COVAX–mexanizmida ishtirok etgan davlat hukumatlari, jumladan Oʻzbekiston ham 20 foiz aholini emlash uchun yetarli miqdorda vaksina olish boʻyicha kafolatlangan shartnomaga ega boʻlishadi", dedi Abdusamatova.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?