Koronavirusga qarshi kurashishda tibbiy niqobning real foydasi baholandi

11:33 26 Oktyabr 2020 Dunyo
254 0

Salomatlikni baholash va koʻrsatkichlar instituti (IHME) olimlarining aniqlashicha, tibbiy niqoblardan foydalanish birgina AQSHning oʻzida 130 mingga yaqin kishining hayotini asrab qoladi.

COVID-19ni jilovlashning boshqa choralari, jumladan ijtimoiy masofa ham bu qadar katta foyda bermaydi va 2021-yilning fevral oyi oxirlariga kelib vafot etganlar soni ikki barobardan koʻproq ortib, 511 ming kishiga yetishi mumkin, deyiladi “Nature Medicine” jurnali maqolasida.

Tadqiqotchilar fikricha, niqob taqish koʻrsatkichi 85 foizni tashkil etsa, 95 mingdan ziyod kishining hayoti saqlab qolinadi.

Niqoblar SARS-CoV-2 kabi respirator viruslar yuqishining oldini oladi va COVID-19 tarqalishiga toʻsqinlik qiladi.

Vaksina hali ishlab chiqilmagan bir vaqtda niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish va aloqaga kirishgan kishilarni qayd etib borish kabi nofarmatsevtik choralar pandemiyani jilovlab turish uchun eng samarali usullar hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?