Koronavirusga chalingan odam tuzli ovqatlarni isteʼmol qilsa boʻladimi? Kunlik meʼyor qancha?

14:39 29 Oktyabr 2020 Jamiyat
237 0

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva quyidagicha javob berdi:

— Tuzli ovqat mahsulotlarni meʼyorida isteʼmol qilsa boʻladi, agar juda ham shoʻr boʻlmasa.

JSSTning kundalik isteʼmol qilinishi kerak boʻlgan tuz miqdorini kuniga 5 grammdan oshmasligi kerak deb belgilaydi.

Agarda surunkali ravishda bu meʼyordan ortiqcha tuz isteʼmol qilinsa, inson organizmida yurak-qon tomir kasalliklari, ayniqsa qon bosimining koʻtarilishiga taʼsir qilishi mumkin deb baholaydi.

Bugungi kunda esa, koronavirus kasalligi qon bosimi yuqori boʻlgan yoki yurak qon-tomir kasalliklariga moyilligi boʻlgan shaxslarda ogʻirroq kechayotgani olimlar va shifokorlar tomonidan taʼkidlanib kelinmoqda. Shuning uchun, ortiqcha isteʼmol qilingan tuz va uni surunkali ravishda isteʼmol qilinishiga oʻtilishi koronavirus kasalligini ogʻirroq kechuviga sabab boʻlishi mumkin.

Ovqatlanish borasida, yangi mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlar doim organizmga shifo sifatida taʼsir qiladi. Xa, bu oʻrinda uni tayyorlash va saqlash qoidalariga ham rioya qilsangiz, organizmingizni sogʻlom boʻlishini taʼminlaysiz va immun tizimini mustahkamlaysiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?