Koronavirusga chalingan bemorlar orasida 11 nafar shifokor bor — Prezident

19:55 26 Mart 2020 Jamiyat
151 0

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 65 nafar bemor orasida 11 nafar shifokor ham mavjud, deb maʼlumot berdi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari bu haqda 26-mart kuni epidemiologik vaziyat va bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlar yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtdi.

Taʼkidlanishicha, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash paytida virusni yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga 100 million soʻm kompensatsiya toʻlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?