Koronavirusdan uyda davolanishda neybulayzer orqali dori bersa boʻladimi? — dolzarb savollarga aniq javoblar

16:25 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
193 0

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Brifingda aholidan kelgan muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Men koronavirus infeksiyasi bilan kasallandim. Menga shifokor bakterial asoratlarni olish uchun ichishingiz kerak deb tavsiyalarda 2 ta antibiotik yozib berdi. Chunki oʻpkada 10 % zararlanish bor ekan. Bu toʻgʻrimi?

Javob: Viruslar, bakteriyalar va zamburugʻlar pnevmoniyani keltirib chiqarishi mumkin. Koronavirus kasalligi keltirib chiqaradigan pnevmoniya bu virusli pnevmoniya hisoblanadi. Virusli pnevmoniyada antibiotiklar ishlatilmaydi. Chunki antibiotiklar asosan bakteriyaga qarshi ishlatiladi.

Koronavirus chaqirgan pnevmoniyada uni bakterial asoratlarni oldini olish maqsadida ham umuman ishlatib boʻlmaydi. Ularning taʼsirida organizm uchun kerakli boʻlgan mikroorganizmlar halok boʻladi. Qonda kerakli mikroelementlar parchalanishi va organizmdan chiqib ketishini kuchaytiradi. Bu esa organizmda immunitetni pasayishiga va organizmga qoʻshimcha boshqa infeksiyalar qoʻshilgan xolda boshqa yuqumli kasalliklar rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Lekin koronavirusda shifokorlar tavsiyasiga koʻra qoʻllaniladigan azitromitsin, noantibiotik asosan antifibrotik effektini hisobga olgan holda ishlatiladi. U virusni hujayralarga yopishishini sekinlashtirish, tavsiyadagi boshqa dori vositalarini taʼsirini oshirish va oʻpka toʻqimasidagi fibroz jarayonini (chandiqni) oldini olish maqsadida qoʻllaniladi.

Antibiotiklar tavsiya qilish uchun bir qator koʻrsatmalar boʻlishi kerak: bular yiringli balgʻam paydo boʻlishi, qon tahlilidagi oʻzgarishlar, yaʼni leykotsitlar va neytrofillarni oshishi, yalligʻlanish koʻrsatkichlarini s-reaktiv oqsilni oshishi hisoblanadi.

Antibiotiklarni tavsiya qilish uchun organizm suyukliklaridan bakteriologik ekmaga tahlil qilinadi (bak.pasev). Ushbu jarayon davrida oʻsib chiqadigan infeksiyaga qarshi taʼsir etuvchi antibiotik turi belgilanganiga qarab antibiotikning birini tavsiya qilish mumkin.

Bu davrda pala partish qabul qilingan antibiotiklar viruslarga qarshi emas, balki jigar, buyrak va ichaklarga nojoʻya taʼsir qiladi va turli asoratlarga olib keladi.

Sizga uchastka shifokoringizga murojaat qilishingizni hamda hammani maslahati orqali davolanmaslikni tavsiya etamiz. Chunki barcha koronavirus kasallariga javobgar shifokorlar SSV tomonidan oʻqitilganlar va oʻqitilmoqdalar. Ular vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan davolash protokollari asosida davolash ishlarini olib boradilar.

Savol: Koronavirusdan uyda davolanishda neybulayzer orqali dori bersa boʻladimi? 

Javob: Neybulazer bu suyuq dorini solish yoʻli bilan dorini juda mayda zarrachalarga boʻlib oʻpka toʻqimasini eng chuquriga yetkazib beruvchi yaxshi natijalar beruvchi tibbiy moslama. Neybulayzer nafas olish tizimi kasalliklarida, oʻpkani surunkali kasalliklarida, respirator kasallik, mukovissidoz, bronxial astma kasalliklarida qoʻllaniladi. 

Surunkali kasalliklari bor bemorlarga kasallik xuruji paytida uy sharoitida ingalyatsiya (dori moddalarini nafas yoʻllariga kiritish)ni yoki nafas olishga yordam beruvchi qurilma (nebulayzer)dan foydalanishni tavsiya etishimiz mumkin. Lekin koronavirus kasalligida neybulayzer qoʻllanilishi tavsiya etilmaydi. 

Chunki bunda dorini mayda zarrachalarga boʻlib berilishi bilan virus va dorilar hajmi bir xil boʻlib qoladi hamda viruslarni ushbu yoʻl bilan oʻpka toʻqimasiga dori bilan birga yana ham chuqurroq kirishiga yoʻl ochib beramiz.

Ikkinchidan uyda davolanayotgan davrda virusni bugʻsimon tarqalish yoʻli bilan atrofga tarqalishini tezlashtirishimiz va koʻpayishiga yoʻl ochib berishimiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?