Koronavirus “uygʻonmoqda”! Gonkongda barcha maktablar yopiladi

10:52 11 Iyul 2020 Dunyo
324 0

Foto: interfax.ru

10-iyul kuni Gonkongning taʼlim byurosi 13-iyuldan boshlab mamlakatdagi barcha maktablar yopilishini eʼlon qildi. Bunga mazkur shahar-davlatda odamlar orasida koronavirusga chalinish hollari koʻpayayotgani sabab boʻldi.

Gonkongda 9-iyul kuni 42 kishiga koronavirus tashxisi qoʻyilgan boʻlsa, ularning 34 nafari aholi orasida aniqlangan. Bu esa qatorasiga ikki kundan beri aholi orasida virus tarqalishidagi oʻsish boʻldi. Yangi kasallanganlar orasida oʻquvchilar va ularning ota-onalari ham bor.

Gonkongda maktablar fevraldan beri yopilgan boʻlib, koʻplab maktablar onlayn taʼlim tizimiga oʻtdi.

Ammo,virus xavfi kamaygach maktablar qayta ochilgandi. Bu yerdagi xalqaro maktablar esa allaqachon yozgi taʼtilga chiqqan.

Maʼlumot uchun, Gonkongda hozirgacha 1404 kishi koronavirusga chalingan va 7 kishi bu kasallikdan vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?